2 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgan?

 2 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgan?
foto va xabar manbasi: Statistika agentligi

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonda 263,9 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 33,5 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

— Avtomobil benzini – 263,9 ming tonna

— Koʻmir – 682 ming tonna

— Neft – 127,3 ming tonna

— Gaz kondensati – 209,5 ming tonna

— Avtobus – 114 dona

— Yuk avtomobillari – 350 dona

— Avtomobil dvigatellari – 21,4 ming dona

— Yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) – 23 949 dona