Samarqandda IIB xodimi firibgarlikda ayblanib sudlandi

Samarqandda IIB xodimi firibgarlikda ayblanib sudlandi

Sud xujjatlariga ko‘ra u Pastdarg‘om tumani IIBda profilaktika inspektori vazifasida ishlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, profilaktika inspektori xizmat mavqeidan foydalanib, “Instagram” ijtimoiy tarmog‘ida Yo‘l-patrul xizmati xodimlarini haqorat qilgan qarindoshining ishini sudga oshirmaslikni va’da qilgan.

Shu maqsadda u hamkasbi orqali masalani “yopib qo‘yish” bahonasida qarindoshidan o‘rtadagm vositachi orqali avval 2000 AQSH dollari, keyinchalik yana 800 AQSH dollari talab qilgan.

2025 yil 3 sentyabr kuni oldindan kelishilgan 800 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida u ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudining 2025 yil 3 dekabrdagi hukmiga ko‘ra, ayblanuvchi 2 yil muddatga IIV tizimida ishlash huquqidan mahrum etilgan hamda 3 yil 11 oy 1 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan.