«O’zbekiston temir yo’llari» AJ yo’q joyga chipta sotgan

«O’zbekiston temir yo’llari» AJ yo’q joyga chipta sotgan

22-mart kuni soat 17:39 da joʻnaydigan 6377-sonli “Sariosiyo-Termiz” shaharlararo yoʻlovchi poyezdi vagonlari soni yetarli boʻlmagani uchun (4 ta) joy bilan taʼminlanmagan yoʻlovchilarga chegirmali chiptalar rasmiylashtirilgan. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan bergan izohida so’z yuritgan.

Ushbu voqea respublikamiz miqyosida Navro‘z umumxalq bayramini nishonlash munosabati bilan e’lon qilingan 5 kunlik dam olish kunlari yakuniga yetgach 2023-yilning 22-mart kuni soat 17:39 da jo’naydigan 6377-sonli “Sariosiyo—Termiz” shaharlararo yo‘lovchi poyezdi Termiz shahrida o’qishga va ishga qaytishi kerak bo’lgan talaba va o’quvchilar ko’p miqdorda to’planishi, poyezd vagonlari soni 4 ta ni tashkil etishiga qaramay, joy bilan ta’minlanmagan yo’lovchilarga chegirmali chiptalar rasmiylashtirilgan.

Hozircha rasmiy xabarda bu holat shunchaki izohlanib, unga ko’rilgan choralar haqida so’z yuritilmagan. Bundan ko’rinib turibdiki, bayram va qo’shimcha dam olish kunlarida qo’shimcha vagonlar ulanishi borasidagi gaplar shunchaki aytilgani va amalda qilinmaganligi ko’rinmoqda.