AQSh prezidenti Donald Trampdan O’zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevga taklif keldi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampdan Yaqin Sharqda tinchlikni mustahkamlash va mojarolarni hal etish bo‘yicha xalqaro tashabbusga qo‘shilish bo‘yicha rasmiy taklif kelib tushdi. Bu haqida Prezident matuot xizmati rahbari Sherzod Asadov Telegram kanalida xabar berdi.
Maktubda qayd etilishicha, ushbu tashabbus 2025-yil 29-sentabrda e’lon qilingan va jahon yetakchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashining 2025-yil 17-noyabrdagi 2803-sonli rezolyutsiyasi bilan ma’qullangan G‘azodagi mojaroni tugatish bo‘yicha kompleks rejaga asoslanadi.
Bu reja 20 banddan iborat bo’lib, bosqichma-bosqich sulh, garovga olinganlarni ozod qilish, qurolsizlantirish, G’azoni qayta tiklash va xalqaro nazoratni nazarda tutadi.
2026-yil yanvar o’rtalarida Tramp Board of Peace ga raislik qiluvchi shaxs sifatida 60 dan ortiq davlat rahbarlariga jumladan, O’zbekiston, Qozog’iston, Belarus, Rossiya, Turkiya va boshqalarga taklif yuborgan. Bu tashkilot dastlab G’azo bilan boshlanib, keyinchalik boshqa mojarolarga (masalan, Ukraina yoki Venesuela) kengayishi mumkin deb aytilmoqda.
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yuborilgan maktubda O’zbekiston ta’sischi davlat sifatida qo’shilish taklif qilingan. Mirziyoyev javob maktubida tayyorligini bildirdi va tashabbusni Yaqin Sharqdagi uzoq muddatli tinchlik uchun muhim qadam deb baholadi.
Qozog’iston Prezidenti Tokayev ham shunga o’xshash taklifni qabul qilgan.
Board of Peace Trump tomonidan umrbod raislik qilinadi. Doimiy a’zolik uchun $1 milliard to’lov talab qilinadi.
Ba’zi G’arb diplomati va tanqidchilar buni BMTga muqobil «mini-BMT» yoki shaxsiy loyiha deb atamoqda, chunki u AQSh nazoratida bo’ladi. Rossiya va Xitoy rezolyutsiyada betaraf qolgan, ammo Rossiyaga ham taklif kelgan.
