Rasman: endi YPX xodimlari qoʻlida narkotester ham boʻladi

Rasman: endi YPX xodimlari qoʻlida narkotester ham boʻladi

Vazirlar Mahkamasining 975-son qarori bilan Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Xususan, oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagilarni nazarda tutadi:

➖ transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilganligi holatini aniqlashda narkotester maxsus moslamasidan foydalanish;

➖ narkotester maxsus moslamasi yordamida transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilganligi aniqlangan hollarda yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlar algoritmi.