Qoʻshni davlatlarda 6 ta zilzila qayd etildi

Qoʻshni davlatlarda 6 ta zilzila qayd etildi

Bugungi dastlabki zilzila soat 03:03 da Afgʻonistonda sodir boʻldi. 3,7 balli zilzilaning epimarkazi Toshkentdan 525 km janubi-sharqda joylashgan.
Navbatdagi 4,4 balli zilzila ham soat 05:19 da Afgʻonistonda kuzatildi. Uning epimarkazi Toshkentdan 757 km uzoqlikda joylashgan.
Soat 05:35 da Afgʻonistonda 3,9 balli yana bir silkinish qayd etildi. Zilzila epimarkazi Oʻzbekiston poytaxtidan 475 km janubi-sharqda.
Yana bir zilzila soat 06:43 da Qirgʻizistonda sodir boʻldi. 3,8 balli silkinish markazi Toshkentdan 290 km uzoqlikda joylashgan.
Afgʻonistonda soat 07:15 da 4,1 balli navbatdagi zilzila qayd etildi. Uning epimarkazi Toshkentda 550 km janubi-sharqda joylashgan.
Epimarkazi Toshkentdan 243 km uzoqlikdagi oltinchi silkinish soat 10:22 da Tojikistonda qayd etildi. Uning kuchi 4 ballga yetdi.