Qaysi oila farzandi kontrakti 50 foizi to’lab beriladi?

2026-yil 1-fevraldan kambag’al oilalar farzandlarining kontrakti 50 foizigacha to’lab beriladi

Qonunchilikka ko’ra, 1-fevraldan boshlab Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Prezidentning 2025-yil 20-noyabrdagi 222-sonli farmoniga muvofiq, mazkur yordam “Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali yoshlar ijtimoiy shartnomasi asosida taqdim etiladi.

Bunda toʻlov-kontrakt summasi oʻquvchi-talaba bilan tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib toʻlanadi.

Yordamning umumiy miqdori bir oʻquv yili uchun bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 50 baravaridan oshmasligi lozim.

Muhim❗️Mazkur yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning 30 yoshdan oshmagan kasbiy taʼlim, bakalavriat va magistraturaning kunduzgi yoʻnalishida taʼlim olayotgan oʻquvchi-talaba aʼzolariga beriladi.