
Foto muallif: «MUHIM24.uz»/Jamolbek Salomov
Joriy yilning 29-yanvar kuni Samarqand viloyati, Paxtachi tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi Texnikumi va Nepal davlatidagi «Yatri Educational Consultancy» mas’uliyati cheklangan jamiyati o’rtasida qo’shma hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu muhim voqea texnikum binosida bo’lib o’tdi va ikki tomon o’rtasidagi ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.

Foto muallif: «MUHIM24.uz»/Jamolbek Salomov

Foto muallif: «MUHIM24.uz»/Jamolbek Salomov
Memorandumni Nepal tomonidan jamiyat raisi doktor Gayatri Prasad Sharma (Ashis) va texnikum direktori E.O. Nurbayev imzoladi. Imzolash marosimida Paxtachi hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari A.Q. Quldoshov, Samarqand davlat tibbiyot universiteti litsey va texnikumlar bilan ishlash bo’yicha bo’lim boshlig’i B. Eshbekov, hamda Navoiy davlat pedagogika universiteti Davolash fakulteti dekani B. Navruzov ishtirok etdi.

Foto muallif: «MUHIM24.uz»/Jamolbek Salomov

Foto muallif: «MUHIM24.uz»/Jamolbek Salomov
Shartnomaga ko’ra, Nepal, Pokiston, Bangladesh, Misr, Dubay va Hindiston kabi davlatlardan kelgan o’quvchi yoshlarni Paxtachi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi Texnikumida o’qitish bo’yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Bu hamkorlik orqali xalqaro ta’lim almashinuvi va tibbiyot sohasidagi mutaxassislar tayyorlash jarayoni yanada rivojlantiriladi.
Ushbu memorandum ikki davlat o’rtasidagi ta’lim va salomatlik sohasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.
