Paxtachi tumani, 2026-yil 3-fevral — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Paxtachi tuman adliya bo‘limi 2025-yil davomida keng ko‘lamli ishlar olib bordi. Bo‘lim tomonidan fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlarini himoya qilish, qonunbuzilishlarning oldini olish va aholining huquqiy madaniyatini oshirish borasida salmoqli natijalar qo‘lga kiritildi. bu borada bugun, «PAXTACHI» gazetasi tahririyatida o’tkazilgan brifing davomida bo’lim huquqiy mutaxassisi Zarif Quvonchbekov ma’lumotlarni taqdim etildi.
Murojaatlar bilan ishlash Joriy yilda adliya bo‘limiga jami 319 ta murojaat kelib tushgan. Shundan:
- 182 tasi to‘liq qanoatlantirildi,
- 113 tasi yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi,
- 24 tasi tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.
Qonunbuzilishlarni aniqlash va bartaraf etish Adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan 13 ta o‘rganish va 4 ta monitoring natijasida tumanda jami 1538 ta qonunbuzilish holati aniqlandi.
O‘rganishlar natijasida 105 ta taqdimnoma tuman idoralariga kiritildi. Natijada:
- 4 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi,
- 101 ta noqonuniy hujjat bekor qilindi,
- 165 ta hujjat qonunchilikka muvofiqlashtirildi,
- Fuqarolarga 225 million so‘m mablag‘ qaytarilishi ta’minlandi.
Sud orqali undirilgan mablag‘lar Adliya bo‘limi tomonidan sudlarga jami 22 ta da’vo arizasi kiritildi. Sud qarorlari asosida fuqarolarga 974 million 847 ming so‘m (ya’ni 974 847 000 so‘m) mablag‘ undirib berildi.
Da’vo arizalarining taqsimoti:
- 6 tasi — iqtisodiy sudlarga,
- 11 tasi — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga,
- 5 tasi — ma’muriy sudlarga kiritilgan.
Ma’muriy javobgarlik Yil davomida amaldagi qonunchilikni buzgan 21 nafar shaxs Ma’muriy javobgarlik kodeksining turli moddalari bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Normativ hujjatlar bilan ishlash Tuman hokimligi va Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan qabul qilingan 13 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, tegishli xulosalar berildi. Shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 25 ta taklif viloyat adliya boshqarmasiga kiritildi.
Huquqiy targ‘ibot va tushuntirish ishlari Aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish maqsadida bo‘lim xodimlari tomonidan jami 308 marotaba ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar amalga oshirildi, shu jumladan:
- Televideniyeda — 4 marta
- Radioda — 52 marta
- Gazeta va jurnallarda — 83 marta
- Rasmiy veb-sayt orqali — 169 marta
- Ijtimoiy tarmoqlarda — 252 marta
Bundan tashqari, 2182 marotaba og‘zaki huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
“Adliya kuni”, “Huquqiy ko‘mak” va “Huquqiy mahalla” loyihalari Prezidentning 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tuman bo‘ylab:
- 12 marta — “Adliya kuni”,
- 36 marta — “Huquqiy ko‘mak”,
- 10 marta — “Tengdoshimga huquqiy yordam” tadbirlari o‘tkazildi.
Uyma-uy yurishlar va mahallalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan huquqiy muammolarning 80 foizi joyida hal etildi. Shuningdek, tumandagi barcha mahallalarda “Huquqiy mahalla” loyihasi muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.
