AQSH kelgusi uch yilda asosiy e’tiborni Markaziy Osiyoga qaratadi — Maxsus vakil

AQSH kelgusi uch yilda asosiy e’tiborni Markaziy Osiyoga qaratadi — Maxsus vakil

AQSH prezidentining maxsus vakili Serjio Gor Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda jurnalistlar bilan uchrashdi va Qo‘shma Shtatlar Markaziy Osiyoga ustuvor ahamiyat berishini va ma’muriyatning kelgusi uch yildagi siyosati aynan shu asosda qurilishini aytdi.

Elchi Gor AQSH uzoq vaqt davomida bu mintaqaga yetarlicha e’tibor bermaganini ta’kidladi.

«Menda prezident Trampning bevosita oddiy ko‘rsatmasi bor – Qo‘shma Shtatlar bu mintaqa bilan ishlashni xohlaydi, Qo‘shma Shtatlar bu mintaqaga ustuvor ahamiyat beradi va biz ma’muriyatimizning kelgusi uch yildagi siyosatini aynan shu asosda qurmoqchimiz. Uzoq vaqt davomida AQSH bu mintaqaga yetarlicha e’tibor bermadi. Prezident Tramp boshchiligida biz buni o‘zgartirmoqchimiz», dedi Gor.

Elchi AQSH bu mintaqadagi davlatlar bilan texnologiyalar sohasida hamkorlik qilmoqchi ekanini aytdi.

«O‘tgan yili Oq uydagi C5+1 sammitida hamma guvoh bo‘lganidek, bu ustuvorlik Oval kabinetdan kelib chiqmoqda. Bu biz e’tibor qaratadigan narsa, bu biz siyosatimizni quradigan narsa. Bu har ikki tomon uchun ham foydali. Bizda eng yaxshi texnologiyalar bor, bizda eng yaxshi imkoniyatlar bor. Biz mintaqa mamlakatlari va hamkorlar bilan hamkorlikni aynan shu yo‘nalishda qurmoqchimiz. Men bugun forumda ishtirok etayotgan kompaniyalar ro‘yxatiga qaradim va adolatli ravishda aytmoqchimanki, bu mintaqaga tashrif buyurgan kompaniyalarning eng uzun va ahamiyatli ro‘yxati. Biz kelgusi oylar va yillarda shunga tayanamiz. Bu faqat boshlanishi», dedi Gor.