Paxtachida 20 gektarli bog’ qaysi sabab bilan buzilmoqda?

Paxtachida 20 gektarli bog’ qaysi sabab bilan buzilmoqda?

Ayni shu daqiqqalarda Paxtachi tumani «Mojor» mahallasidagi 20 gektardan iborat mevali daraxtlar buzib yuborilayotgani aytilmoqda.

Bizga kelgan murojaatga ko’ra, bu bog’ 1980-yildan beri mavjud bo’lib, 1 000ga yaqin daraxtlar borligi ta’kidlanadi.

Videotasvirlardan ham ko’rinib turibdiki, bog’dagi daxatlar mevali va hali yosh. Mahalliy aholi tuman Ekologiya bo’limi bilan telefon orqali bog’langan, o’zini bo’lim xodimi deb tanishtirgan Shukrullo Mamasoliyev esa daraxtlarning kesilishi, «Agar Qishloq xo’jaligi bo’limi tasdig’idan o’tgan bo‘lsa va buzayotgan fermerning bunga hujjati bo‘lsa» haqqi bormish. Bizdagi ma’lumotlarga ko’ra, ushbu bog’ ortidan mahalliy 20ga yaqin xonadon qora qozonini qaynatib kelishadi.

Shu o’rinda bir qator qiziq savollar tug’iladi:

Bugungi kunda davlatimiz rahbari boshchiligida so’nggi yillarda «Yashil makon» umummilliy loyihasi amalga oshirilayotgan bo’lsa, nega tayyor bog’ payhon qilinmoqda?
Bu «fermer»ga kim va qaysi qonun asosida, nima sababdan ruxsat berishdi? Bu haqlimi?

Yuqoridagi vaziyat bo’yicha zudlik bilan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, tuman bo’limlari va Paxtachi Qishloq xo’jaligi bo’limi munosabat berishlarini so’raymiz!