Ijtimoiy tarmoqlarda yozilishicha, Samarqanddagi tuman hokimlarining biri Xitoyga borishi kerak bo‘lgan tadbbirkorlar va qishloq xo‘jaligi xodimlari o‘rniga o‘g‘lini, yana biri haydovchisini yuborgan.
Bu xabarni tasdiqlagan yana bir manbaning keltirishicha, rasmda alohida belgilab ko‘rsatilgan fuqaro tuman hokimining o‘g‘li ekanligi aytilmoqda.

Foto: telegram/shaxsiylikni saqlash maqsadida fuqaroning yuzi yashirilgan
Keyinchalik aniqlik kiritilishicha bu «erkatoy» Kattaqo’rg’on tumani hokimining farzandiligi aytilmoqda.
— Ayam bir marta bo‘lsa ham, hokimni xotini bo‘lsa ham chet davlatga chiqmagan, — deydi M.To‘lqinova. — Ukamga keladigan bo‘lsak, u o‘zimizni pulga ketdi, safarga dadamni o‘zi borishi kerak edi. dadam borganida tumanni ishi 10 kunga qolib ketardi. Shuning uchun o‘zimizni pulga ukamni yubordi. Ukam shu sohada oliy ta’limda o‘qiydi, — deydi hokimining qizi ekanligi aytilayotgan fuqaro.

Foto: telegram/screen
Keyinchalik izohlarda hokimning o‘g‘li Ahmadjon To‘lqinov ham ko‘rinish bergan.
— Shu rasmda belgilangan yigit menman, — deydi u. — Siz rasmda ko‘rib turgan barcha odam o‘z xohishi va o‘z mablag‘lari hisobidan borishgan. Men borganga yarasha paxta terish mashinasi olib kelganman, deya so‘z yurtigan Ahmadjon To‘lqinov.

Foto: telegram/screen
Shuningdek, u bu xabar yuzasidan o‘z noroziligini ham keltirib o‘tgan.
— Nega siz meni rasmimni meni ruxsatimsiz ommaga yomon otliq qilib chiqaryapsiz? Buning uchun qonun oldida javob bera olasizmi? – deya davom etgan hokimning o‘g‘li.
Xabarning dastlabki manbasi keyinchalik biriktirilgan fotosuratni xabardan o‘chirgan, faqat postdagi yozuv qoldirilgan.

Foto: telegram/screen
Xitoyga borgan delegatdagi haydovchi esa Qo’shrabotning hokimi haydovchisiligi aytilmoqda.
Xo‘sh, Samarqandda mansabdorlar xohlagan ishini qilishi mumkinmi, shunda? Xo‘p, «o‘zini puli»ga borgan bo‘lsa ham mansabdorning farzandi ekanligi va bunday jarayonlar jamoatchilik nazariga tushishi mumkin emasmi?
Har qanday vakolatdagi mansabdor xalqning xizmatidagi, burchidagi vakil hisoblanadi. Ularning oilasi va farzandlari aynan uning «kreslo»siga dog’ tushirmaslikka harakat qilishsalar yaxshi bo‘lardi. Bu voqelikka esa tegishli mutasaddi tashkilotlar keraklicha e’tibor qaratib, qonuniy yechimni berishadi, degan umiddamiz.
