«Dinamo» ilgari «pedofiliya» bilan o‘tirib chiqqan futbolchini xarid qilganligi aytilmoqda

«Dinamo» ilgari «pedofiliya» bilan o‘tirib chiqqan futbolchini xarid qilganligi aytilmoqda

Samarqandning «Dinamo» futbol klubi pedofillikda «o‘tirib chiqqan» futbolchini xarid qilganligi aytilmoqda.

Samarqandning “Dinamo” futbol klubi joriy yilning yanvarida ganalik 30 yoshli yarimhimoyachi Kingsi Sarfo bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzolagandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga ko‘ra, Sarfo 2017-yilda 14 yoshli qizni zo‘rlashda ayblanib, 2 yil-u 8 oy qamoq jazosiga hukm qilingan.

Futbolchi o‘sha vaqtlar Shvesiyaning “Malmyo” klubida to‘p surgan. Sud unga qamoqdan tashqari Shvesiyadan deportatsiya qilish jazosini ham bergan.

Hozircha klub rasmiylari bu boradagi xabarlarga rasmiy izoh bermagan.