Navoiyda fuqaro avtomobilidan 500 dona otish uchun yaroqli patronlar topildi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘qotar qurollarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Konimex tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida yashovchi, 1989 y.t. shaxsga tegishli “Oniks” rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashina yukxonasida 500 dona 5,6 mm kalibrli otish uchun yaroqli bo‘lgan patronlar borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadonidan ham noqonuniy saqlanayotgan 600 dona 5,6 mm kalibrli patronlar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 248-moddasi (O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
