Foto: «MUHIM24.uz» ARXIV / Paxtachi TTB / Muallif: Jamolbek Salomov
2026 yil 1 apreldan boshlab davlat tibbiyot muassasalarining ish vaqti rejimi besh kunlik ish haftasiga o‘tkaziladi.
2026 yil 1 yanvardan boshlab davlat tibbiyot muassasalarining tibbiyot va farmasevtika xodimlariga quyidagi qo‘shimcha imtiyozlar beriladi:
▪️davlat tibbiyot muassasalarida kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bir yilda bir marotaba bepul yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish;
▪️davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda tibbiyot muassasasining mablag‘lari hisobidan bir yilda bir marotaba respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yo‘llanma berish;
▪️barcha turdagi davlat xizmatlari uchun to‘lovlar miqdorini ikki barobar kamaytirish.
