Xabaringiz bor, Xitoy sionistlar tomonidan o‘ldirilgan 165 nafar eronlik o‘quvchi qizning oilalariga 200 ming dollar miqdorida gumanitar yordam ajratmoqchi.
Xitoy va Eron — yaqin hamkorlar. Agar Xitoy rostdan ham shunday yordam puli ajratayotgan bo‘lsa, bu shunchaki «ko‘ngil so‘rash» emas. Bu — Pekinning «Men Amerika va Isroilga qarshi tomondaman» deb dunyoga ko‘zini qisib qo‘yishidir. Ya’ni, «do‘stimning dushmani — mening ham dushmanim» qabilidagi ish.
Bu xabar xuddi «kattalarning mushtlashuvida bolalar jabr ko‘rdi» degan achinarli haqiqatni ko‘rsatadi.
Xitoy siyosiy ochko yig‘ish va Eronga «men sen bilanman» deyishni ko‘zlayapti, menimcha.
Ko‘p norasmiy manbalar AQSH amerikalik askarlar bo‘mbalaganini tan oldi, depti. Lekin hali AQSH rasmiylari tan olgani yo‘q, ular tekshirish olib borishini aytishgan.
Biroq, The New York Times, Associated Press va Reuters kabi nufuzli nashrlarning yozishicha, AQSH harbiy tergovchilari zarba uchun AQSH kuchlari mas’ul bo‘lishi ehtimoli juda yuqori ekanini tan olishgan.
✏️Jamolbek Salomov
