O‘zbekiston harbiylari AQShdagi musobaqada g‘alaba qozonib, rekord natijalar o‘rnatdi.
O‘zbekiston harbiy xizmatchilari Ilhom Salomov va Turdimurod Avlayev AQShning Camp Shelby bazasida 16–18 mart kunlari o‘tgan “Eng yaxshi jangchi – 2026” tanlovida g‘olib bo‘ldi.
Ular 13 ta murakkab sinovdan muvaffaqiyatli o‘tib, jumladan marsh-brosok, to‘siqlar yo‘lagi, tungi yo‘nalish topish va otish mashqlarida eng yuqori natijalarni ko‘rsatdi hamda rekordlarni yangiladi.
Tanlov yakunida harbiylar maxsus mukofot bilan taqdirlandi. O‘zbekiston vakillari 2019 yildan buyon ushbu musobaqada yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.
