foto: energynews.panpwr.ru
Bu haqida Rasul Kusherbayev Telegram sahifasida xabar bermoqda.
“Oʻzbekiston uchun toza energiya” loyihasini amalga oshirish uchun Jahon bankining Direktorlar kengashi Xalqaro taraqqiyot uyushasi tomonidan Oʻzbekistonga 30 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan 143,0 mln AQSH dollari miqdorida qarz mablagʻlari ajratildi.
Shundan loyihaning:
— 138,0 mln AQSH dollari “Jamoat binolarida energiya samaradorligini oshirish hamda toza energiya uchun investitsiya kiritish” komponenti;
— 5,0 mln AQSH dollari “Loyiha doirasida texnik koʻmak berish, personallar salohiyatini oshirish hamda uning amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlash” komponentidan iborat.
Shungdek, Kusherbayev bu tashqi qarz mablag’lari hisobidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida jamoatchilik to’liq xabardor qilib, ochiq hisobotlar taqdim etilishiga umid bildirgan.