Shimoliy Amerika qit’asining ba’zi hududlarida Arktika qismida havo harorati ba’zi hududlarda -50 darajagacha pasayadi, deya ogohlantirmoqda meteorologlar.
Ularning qo‘shimcha qilishicha, bunday ob-havoda odam 10 daqiqadan kamroq vaqt ichida muzlab qolishi mumkin. Shu bois Kanadaning markaziy va Amerika shimoli-sharqidagi ko‘plab shtatlarning aholisiga uyda qolishni maslahat berishmoqda.
Dushanbadan beri AQShda noqulay ob-havo tufayli kamida 11 kishi halok bo‘ldi. Xususan, hafta boshida muz bo‘roni tufayli Texasda sakkiz kishi, Oklaxomada ikki va Arkanzasda bir kishi halok bo‘ldi.