Shoir va nosir, ustoz jurnalist Farmon Toshev 1954-yil 6-aprelda Samarqand viloyati Paxtachi tumandagi Qarnabota qishlogʻida tugʻilgan, shu qishloq maktabini tamomlagan. 1975-yilda Samarqand Davlat universitetini oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tugatadi.
1975-1976-yillarda “Zarafshon” gazetasida muxbir, 1976-1981-yillarda “Paxtachi” gazetasining muxbiri, boʻlim mudiri, muharrir oʻrinbosari, 1981-1982-yillarda Samarqand viloyat teleradio qoʻmitasining katta muharriri, 1982-1984-yillarda “Zarafshon” gazetasining muxbiri, targʻibot boʻlimining mudiri, 1988-1990-yillarda “Zarafshon” gazetasi muharirrining oʻrinbosari, 1990-1996-yillarda “Oʻzbekiston ovozi” gazetasining Samarqand viloyati boʻyicha muxbiri, 1996-1997-yillarda “Inson va qonun” gazetasining muxbiri hamda “Registon” gazetasining muharriri, 1997-1998-yillarda “Koʻksaroy” gazetasining muharirri lavozimlarida mehnat qilgan.
Hozirda “Zarafshon” va «Samarkandiskiy vestnik» gazetalarining bosh muharriri.
2003-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan. Oʻtgan 2022-yilda «Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist» unvoni bilan taqdirlandi.
Joriy yilda, yaʼni bugun esa ustoz Farmon Toshev 69 yoshni qarshi olmoqdalar. «Paxtachi» gazetasi tahririyati «Muhim24.uz» jamoasi ustozni bugungi shukrona kunlari bilan chin dildan muborakbod etadi.