Ayollarning bola parvarishida bo‘lgan davri mehnat stajiga qo‘shiladimi?

Ayollarning bola parvarishida bo‘lgan davri mehnat stajiga qo‘shiladimi?

Amaldagi mehnat qonunchi­li­gi­miz­da ayollar mehnatiga oid ko‘p­gina qo‘shimcha kafolatlar bel­gilangan. Xususan, qonunchilikka ko‘ra bolani parvarishlash ta’tillari davrida ayol­ning ish joyi (lavozimi) saqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat ko­dek­­si­ning 234-moddasida bolani parva­rishlash ta’tillari tartibi belgilangan bo‘lib, homila­dor­lik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin ayol­ning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yosh­ga to‘lgunga qadar bolani par­va­rish­lash uchun ta’til berilishi ko‘rsatilgan. Bun­dan tashqari, ayolga, uning xohishiga ko‘ra, bolasi uch yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ish haqi saq­lan­may­di­gan qo‘shimcha ta’til ham berila­di. Bolani par­va­rishlash uchun beriladigan ta’tillardan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa qarin­dosh­­lari ham to‘liq yoki uni qismlarga bo‘lib foyda­lanishlari mumkin.

Shuningdek, bolani parvarishlash ta’til­la­ri davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqla­na­di. Bu ta’tillar mehnat stajiga lekin ham­ma­sini jamlaganda ko‘pi bilan olti yil, shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shiladi. Bolani parvarish­lash ta’tilla­rining vaqti, basharti jamoa shartnomasida, korxonaning boshqa lokal hujjatida yoxud mehnat shartnomasida o‘zgacha hol nazar­da tutilmagan bo‘lsa, keyingi haq to‘lanadi­gan yillik ta’til olish huquqini beradigan ish stajiga qo‘shil­maydi.

A. RAXMATULLAYEV,
Paxtachi tumani Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i