“Mahalliy davlat hokimyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 17-moddasiga asosan, Xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq, 85-sessiyasi 2023-yilning 13-aprel kuni, soat 11:00 da Paxtachi tuman hokimligining majlislar zalida chaqirilmoqda.
Unda quyidagi masalalar kun tartibiga qo’yilishi belgilangan:
– “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;
– 4-bosqich “Ayollar daftari”da turgan, qaramog‘ida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand, ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam va uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga uy-joy ajratish to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Juraqulovaning taklifi;
– xalq deputatlari tuman Kengashining 2023-yil 10-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 4-bosqich “Ayollar daftari”ga tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 4155 nafar xotin-qizlarni kiritish va yoʻl xaritasini tasdiqlash masalasi yuzasidan tuman hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi I.Juraqulovaning taklifi to‘g‘risida”gi VI-82-29-7-102-K/23-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
– tumanda 2023-yil 1-mavsum yakuni bilan jamoatchilik fikri asosida g‘olib deb topilgan loyihalar to‘g‘risida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i v.b. U.Arnaqulovning hisoboti to‘g‘risida;
– tuman mahalliy budjetining 2023-yil xarajatlarini o‘zgartirish to‘g‘risida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i v.b. U.Arnaqulovning ma’ruzasi;
– tijorat banklari (“Agrobank”, “Mikrokreditbank”, Xalq banki) tuman filiali rahbarlarining tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
– tumanda “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi hamda 2023-yilda tumanda atrof-muhitni ifloslanishini oldini olish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasi X.Maxsiddinovning hisoboti to‘g‘risida;
– tuman ichimlik suvi ta’minotining bugungi holati va amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Paxtachi tumani filiali rahbari Sh.Yusupovning hisoboti to‘g‘risida;
– tumanda 2024-yilda Davlat dasturiga asosan meliorativ obyektlarda rekonstruktsiya va ta’mirlab tiklash loyihalarini amalga oshirish yuzasidan Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyasi tuman boʻlimi boshligʻi J.Toxirovning hisoboti to‘g‘risida;
– boshqa masalalar ko’rib chiqilishi ko’zda tutuilgan.
Ushbu sessiyaning o’tkazilishi bo’yicha Paxtachi tuman hokimi M.Xamdamovning 2023-yil 7-apreldagi 80-7-102-Q/23 qarori qabul qilingan.