The New York Times gazetasining yozishicha, Jek Teysheyra tomonidan oshkor qilingan har bir maxfiy hujjat sud ishida alohida ayblov sifatida koʻriladi va har biri uchun u 10 yilgacha qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin. Sizib chiqqanda aniq qancha hujjat boʻlgani maʼlum emas. Reuters 50 dan ortiq maxfiy hujjatlarni oʻrgangan, biroq ularning umumiy soni yuzdan ortiq boʻlganligi taxmin qilinmoqda.
Gʻarb ommaviy axborot vositalarining yozishicha, maʼlumotlar oshkor etilishining asl manbasi “qurol, harbiy texnika va Xudoga qiziqishi bilan birlashgan” 20-30 kishilik Thug Shaker Central nomli guruh hisoblanadi. Teysheyra chatga OG taxallusi ostida yozgan va norasmiy yetakchisi boʻlgan. 2022-yil oxirida u maxfiy razvedka hujjatlarining soʻzma-soʻz transkriptlarini Thug Shaker Centralʻga joylashtirishni boshlagan va ularning izohini guruhning boshqa aʼzolariga batafsil tushuntirib borgan. Vaqt oʻtishi bilan u hujjatlarning fotosuratlarini yuklay boshlaydi va ular oxir-oqibat jamoat mulkiga aylandi.
Maxfiy hujjatlar Teysheyraga aniq qanday yetib kelgani nomaʼlum. NYTning yozishicha, gumonlanuvchi AQSH Milliy havo gvardiyasining Massachusets shtatidagi razvedka boʻlimida oddiy askar boʻlib ishlagan. Nashr uning maxfiy maʼlumot va hujjatlar darajasida kirishi mumkinligiga shubha qilmoqda. Xavfsizlik ruxsatiga ega boʻlgan AQSH hukumati amaldorlari bunday hujjatlarni koʻpincha elektron pochta orqali olishlarini maʼlum qilgan. Shuningdek, bunday xatlar avtomatik ravishda boshqalarga ham yuborilishi mumkinligi qayd etib oʻtildi.