Bizlamizki, aholi uchun zarur tarmoqlardan biri bu tabiiy va suyultirilgan gaz tizimi hisoblanadi. Shu sababli ham bu sohadagi qilinayotgan ishlar barcha uchun birdek qiziq bo’lgan. Xo’sh, bugun Paxtachi tumanida ushbu sohada amaliy ishlar ne chog’lik uddasidan chiqilmoqda? 13-aprel kuni tuman hokimligida o’tkazilgan matbuot anjumani ayni shu xususda bo’lib o’tdi. Unda “Hududgazta’minot” AJ tuman filiali rahbari Erkin Ismoilov spikerlik qildi.
Paxtachi tumanida gazdan foydalanuvchi iste’molchilar soni 41 768 mafarni tashkil etadi. Shundan 11 635 nafari tabiiy gaz, 30 133 nafari esa suyultirilgan gaz iste’molchilari hisoblanadi. Hozirgi kunda tumanimizda foydalanishda boʻlgan, uzunligi jami 257,8 kilometr quvurlar orqali tabiy gaz yetkazib beriladi, shundan: yuqori bosimli 27,5 kilometrni; oʻrta bosimli 60,8 kilometrni; past bosimli 169,5 kilometrni tashkil etadi.
Tabiiy gazdan foydalanuvchi ulgurji 126 ta (shundan kafolatlangan 88 ta, kafolatlanmagan 38 ta. Shundan: AGNKS 4ta, byudjet tashkilotlari 26 ta).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentyabrdagi 4840-sonli “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash maqsadida tumanimizda ishlar jadal olib borilmoqda.
Jumladan, 11635 nafar aholi isteʼmolchilariga “Aqilli” gaz hisoblagichlari oʻrnatish maqsadida 3 ta brigada tuzilgan va ular toʻliq moddiy texnik baza va kerakli ehtiyot qismlari bilan taʼminlangan. Ular tomonidan bugungi kunga qadar 11 580 dona yaʼni 99,5 foiz zamonaviy gaz xisoblagichlarini oʻrnatildi. Kunlik oʻrnatish soni 4-5 tani tashkil qilmoqda. Hisoblagich oʻrnatish bepul amalga oshirilib, bu oradagi harajatlarni gaz taʼminoti korxonasi oʻz zimmasiga olgan.
Zamonaviy xisoblagichlarning ishlash tizimi oldindan toʻlov amalga oshirishga moʻljallangan boʻlib, karzdorlik yuzaga kelgan taqdirga isteʼmolchining telefon rakamiga ogohlantirish yuboriladi va hisoblagich avtomatik tarzda oʻchadi, isteʼmolchi tomonidan toʻlov amalga oshirilgandan soʻng 1104 yoki +99871-210-70-70 telefon rakamlari orkali boglanib gaz taʼminoti tiklanadi.
Tumanda suyultirilgan uglevodorod isteʼmolchilari 30133 tani tashkil etib, maishiy gaz ballonlar soni jami – 30724 dona taʼminlanganlik darajasi 102 foiz.
Gaz toʻldirish inshootlari soni 1 ta oylik quvvati 550 tn.Maishiy gaz ballon tashuvchi avtotransportlar soni 5 ta oylik quvvati 429 tonnani tashkil etadi.
Bir oylik suyultirilgan uglevodorod gaziga boʻlgan talab 429 tonnani tashkil qilib, xar bir isteʼmolchiga oylik 13.0 kg.dan toʻgʻri keladi. Gaz ballonlarini yetkazib berish davomiyligi bugungi kunda 40-45 kunni tashkil qilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktyabrdagi PF-11-sonli “Suyultirilgan ugluvodorod gazini yetkazib berishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan bugungi kunda 30 724 ta (100 foiz) gaz ballonlari toʻliq shitrix kodlari bilan taʼminlangan va 30 724 nafar (100 foiz) isteʼmolchilarga ID kartalar tarqatildi.
Bugungi kunda 1 dona toʻldirilgan gaz ballon narxi 22 400 soʻmni tashkil etib, yetkazib berilgan gaz ballonlari uchun toʻlovlar isteʼmolchilarga berilgan ID kartalardan naqd pulsiz koʻrinishda yechib olinadi.
Shuningdek, anjuman davomida tizimda hududda kuzatilayotgan muammoli vaziyatlarga ham to’xtalib o’tildi. Jumladan, Paxtachi tumani “Burqut” mahallasidan o’tuvchi yer osti o’rta bosmli gaz quvurlarida ushbu joydan o’tuvchi temir yo’l, tez yurar poezdning harakatlanishi natijasida hosil bo’ladigan elektr qochishlari oqibatida 100 mm hajmli 1 000 p/m ga yaqin quvurlar zararlangan. Hozirda bu muammoni bartaraf etish uchun viloyat rahbariyatiga hujjatlar taqdim etilib, uni hal etish ustida ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, “Hududgazta’minot” AJ tuman filiali rahbari Erkin Ismoilov tizim yuzasidan savollarimizga ham javob berib o’tdi. Xususan, aholi orasida suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berish jarayonida nosoz chiqqan gaz ballonlarining qaytarib almashtirib berish jarayonining 4-5 kunlab kechikish holatlari yuzasidan berilgan savolimizga, agar shunday muammoga duch kelshsa, darhol tuman bo’limida tashkil etilgan despechirlik xizmatida murojaat etishlarini aytib o’tdi. Bu xizmat tun-u, kun ish rejimida bo’lib, aholi tomonidan kelib tushuvchi murojaatlarni qabul qilib boradi.
Jamolbek SALOMOV, Madina ERKINOVA tayyorladi