Energetika vazirligida Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Aurelia Bouchez xonim va energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tomonlar atom energetikasi sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilib, FromAtom va Assystem kompaniyalarining qiziqishlarini taʼkidlab oʻtdi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha xorijiy tomonga Voltalia kompaniyasi tomonidan Agrovoltaika sohasida loyihani amalga oshirish va Assystem bilan smart-grid tizimini joriy etish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini koʻrib chiqish taklif etildi.
Ikki mamlakat o’zaro hamkorligida quyidagi yo’nalishlar ustuvorligi belgilandi:
— EDF kompaniyasi bilan hamkorlikda Sirdaryo IES, Qambarota va Chotqol GESlari loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek bino va inshootlar tomlariga quyosh batareyalarini o‘rnatish;
— “Total Eren” kompaniyasi tomonidan 2022-yil may oyida Samarqand viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi muvaffaqiyatli ishga tushirilganligi, shuningdek Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida qurilishi rejalashtirilgan yangi stansiyalarga qiziqish bildirayotganligi;
— “Voltalia” kompaniyasi Xorazm viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasi qurish loyihasi tenderida g‘olib bo‘lib, hamkorlik aloqalarini boshqa yo‘nalishlarda ham kengaytirish yuzasidan amaliy ishlarni olib borayotganligi qayd etildi.
Uchrashuv davomida tomonlar “Technip Energies” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollarini ham muhokama qildilar. Tomonlar nafaqat gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish sohasida, balki yoqilg‘i-energetika kompleksining boshqa yo‘nalishlarida ham loyihalash xizmatlarini ko‘rsatuvchi qo‘shma korxona tashkil etish maqsadga muvofiqligini qayd etdi.
Tomonlar atom energetikasi sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini ham muhokama qilib, Framatome va Assystem kompaniyalarining qiziqishlarini ta’kidlab o‘tdi.