Ochiqlangan ma’lumotlar Ukrainaga yordam beradimi?

Ochiqlangan ma’lumotlar Ukrainaga yordam beradimi?

Ochiqlangan ma’lumotlar Ukrainaga yordam beradimi?

Xalqaro siyosatshunoslar Pentagonning oshkor etilgan hujjatlari qiyin ahvolda qolgan Ukrainaga ham yordam berish, ham zarar yetkazish potentsialiga egaligi ta’kidlashmoqda. Chunki hujjatlar urushning chalkash suratini chizadi. Balki mamlakatga ko’proq qurol olib kelish uchun bosimni kuchaytirishi ham mumkin, deydi ular fikrlarida.

Ba’zi mutaxassislar esa bu jarayon aksincha, AQShning siyosat olamidagi kamchiliklarini ko’rsatmoqda, deya baholashmoqda. Ularning so’zlariga ko’ra, oshkor bo’lgan hujjatlar urush uchun ahamiyatsiz qoladi.

Ammo millionlab odamlar ko’rishi uchun Internetda tarqatilgan Pentagon hujjatlari urushda kamroq ishtirok etishni qo’llab-quvvatlovchi g’arb mamlakatlaridagi tanqidchilarni gapga solmoqda. Fevral oyida The Hill tomonidan ko’rib chiqilgan hujjat AQSh haqida batafsil ma’lumot bergandi. Unda urush 2023-yildan keyin ham boshi berk ko’chaga tushib qoladi va har ikki tomon ham tez orada muvaffaqiyatga erisha olmaydi, degan xulosaga kelingandi.

Pentagon nima demoqda?

Pentagon razvedkasining bashorat qilishicha, Rossiya sharqiy hududlarda Ukraina mudofaasini “kunlik artilleriya otishmalari, havo hujumlari va takroriy, koʻp qirrali, kichik boʻlinmalarning quruqlikdagi hujumlari bilan sekin-asta bosib oladi”.

“Ushbu taktikalar Rossiya qo‘shinlari va o‘q-dorilar zahiralarini shunday darajaga tushirdiki, bu kutilmagan tiklanishni to‘xtatib, rus bo‘linmalarini charchatib qo‘yishi va Moskvaning urush maqsadlarini puchga chiqarishi mumkin, bu esa 2023 yildan keyin ham uzoq davom etadigan urushga olib keladi”, — deyiladi Pentagon izohlarida.

Eslatib o’tamiz, Pentagon hamon sizdirilgan ma’lumotlarni, jumladan, hujjatlarning biron biriga o’zgartirilgan bo’lishi mumkinligini ko’rib chiqmoqda.