Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi 86-sessiyasi chaqiriladi
«Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida»gi Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan, Xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq, sakson oltinchi sessiyasi 2023-yilning 27-aprel kuni, soat 11:00 da tuman hokimligining majlislar zalida chaqirilmoqda.
Bu borada tuman hokimi M.Xamdamovning 2023-yil 19-apreldagi 90-7-102-Q/23-sonli qarori asos qilib olinmoqda.
Ushbu navbatdagi 86-sessiyaning kun tartibida quyidagi masalalar muhokama etilishi rejalashtirilmoqda:
– 2023-yil tumanda investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya loyihalarini
amalga oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tuman hokimining o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i B.Ergashevning hisoboti to‘g‘risida;
– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-maydagi “Tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 38-sonli bayoni ijrosini taʻminlash bo’yicha tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i U.Suvanovning hisoboti to‘g‘risida;
– tumanda tuman Yo‘llardan foydalanish Unitar korxonasi rahbari N.Eshanqulovning 2023-yil I-choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
– O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya Vazirligi huzuridagi kadastr
agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi Paxtachi tuman boʻlimi boshligʻi A.Qoxorovning 2023-yil I-choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
Shuningdek, boshqa masalalar ham koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.