27 aprel kuni Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, “Fayzliobod” mahallasida yashovchi 3 nafar fuqaro yashash xonadonining hojatxonasiga hech qanday ehtiyotkorlik choralarini ko‘rmasdan tushib, baxtsiz hodisa tufayli vafot etgani aniqlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyat prokurori S.Imatov rahbarligida tuman prokurori A.Uralov, tuman IIB boshlig‘i A.Mo‘minov, tuman prokuraturasi tergovchisi Sh.Norbo‘tayev va tuman IIBning tezkor xodimlari tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.