Kambagʻallik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushirildi – Prezident
Islohotlar natijasida Oʻzbekistonning mintaqadagi iqtisodiyoti eng yuqori diversifikatsiya qilingan mamlakat sifatidagi maqomi yanada mustahkamlangani qayd etildi.
Bir yilning oʻzida 100 mingga yaqin yangi korxonalar tashkil qilindi, kiritilgan xorijiy sarmoyalarning yillik hajmi 10 milliard dollarga yetdi yoki islohotlar boshlangan 2017-yilga nisbatan 3 barobar oshdi, 1 millionga yaqin aholi kambagʻallikdan chiqarilib, kambagʻallik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushirildi. Islohotlar boshlangan davrda bu koʻrsatkich 30 foizdan yuqori edi.