Jurnalist Ilyos Safarov oʻz Telegram kanalida yozmoqda:
Suratdagi ayollarning yoshiga eʼtibor bering. Ular ekologik muammolar va ogʻir turmush sharoiti tufayli biologik yoshidan bir necha oʻn yoshga kattaroq koʻrinadi.
Parijda oʻtayotgan “Oʻzbekistonlik” forumida Orol muammosi shu tarzda taʼsirli ochib berilgan.
Fotokoʻrgazmaga kiritilgan 9 yoshli Sabrinaning surati orqali esa Orolboʻyi hududlarida yashayotgan u va u kabi bolalar kelajagiga befarq boʻlmaslikka chaqiriqni sezish mumkin.
“Tuz ichidagi ayol” fotokoʻrgazmasidan.