Bilamizki, har bir hududning iqtisodiy qudrati uning taraqqiyotdagi rivojlanishi bilan oʻlchanadi. Bu esa oʻsha hududda yaratilayotgan imkoniyatlar, sharoitlarga bogʻliq. Agar ular toʻgʻri yoʻlga qoʻyilsa, oʻz-oʻzidan xususiy korxonalar, tadbirkorlik imkoniyatlari oshadi, aholi uchun yangi ish oʻrinlari yaratiladi va ish bilan taʼminlash darajasi oshadi. Bu kabi oʻsishlar hududning xorijiy investorlar uchun ham sharoitlar yaratish borasida izchil islohotlarni amalga oshirayotganini anglatadi.
Joriy 2023-yilning yanvar-fevral oylari davomida Samarqand viloyati eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan tuman va shaharlar reytingi eʼlon qilindi. Unga koʻra quyidagi tumanlar kuchli 10 talikdan oʻrin olgan:
🔹Samarqand shahar – 48,5 mln. AQSh dollari.
🔹Jomboy tuman – 9,7 mln. AQSh dollari.
🔹Urgut tuman – 6,3 mln. AQSh dollari.
🔹Samarqand tuman – 6,2 mln. AQSh dollari.
🔹Pastdarg‘om tuman – 2,4 mln. AQSh dollari.
🔹Oqdaryo tuman – 2,3 mln. AQSh dollari.
🔹Ishtixon tuman – 1,8 mln. AQSh dollari.
🔹Payariq tuman – 1,7 mln. AQSh dollari.
🔹Narpay tuman – 1,6 mln. AQSh dollari.
🔹Bulung‘ur tuman – 0,7 mln. AQSh dollari.