Germaniyaga safarida muzokaralar qanday o’tdi?

Germaniyaga safarida muzokaralar qanday o’tdi?

Xabaringiz bor, O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Germaniyaga safar qildi. Xo’sh, ushbu tashrifda prezident german tomoni bilan qanday muzokaralarni olib bordi?

Jumladan, kansler Olaf Shols bilan muzokaralar:

🔹Qo‘shma biznes-forumda 9 milliard dollarlik savdo, investisiya va texnologik loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishilgani ta’kidlandi;

🔹Germaniya Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi va Yevropa Ittifoqi bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imkon qadar tezroq imzolashi aytildi;

🔹 Germaniya-Markaziy Osiyo formatida muloqot maydonini ishga tushirish bo’yicha kelishuvga erishildi;

🔹 Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari, jumladan, Afg’onistondagi vaziyat kontekstida muhokama qilindi;

🔹 Tomonlar transport va logistikani rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Xususan, Markaziy Osiyoni Yevropa bilan bog‘laydigan Transkaspiy yo‘lagini rivojlantirish;

🔹Germaniya Oʻzbekistonda nemis tilini oʻqitishni kengaytirish uchun texnik yordam koʻrsatishga kelishib olindi;

🔹Tashrif doirasida iqtisodiyot, savdo, moliya, ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalarida 16 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.