“Million”ning yuragi — Mirkomil Musayev jamoani tark etdi
Eslatib oʻtamiz, bundan oldin Alisher Botirov ham jamoani tark etgani haqida xabar qilingandi. «Million» jamoasi 2013-yildan o’z faoliyatini boshlagan. Tashabbus Davron Kabulovdan chiqqan. Shundan so’ng jamoa ikkiga bo’linib ketgan ya’ni «Bravo» va «Million». M.Musayevning «Daryo» internet-nashrida intervyusida nega «Bravo» jamoasiga o’tmaganligi haqida ham aytib o’tgan.
– Shuncha yil «Million»da faoliyat yuritdik, shu jamoada ish boshlaganmiz, bo’lsa faqat «Million» bo’lardi yoki men faoliyatimni tugatar edim. Tanlov qilishim juda og’ir bo’lgan. Yakunda baribir «Million» jamoasida qoldim, deydi M.Musayev.
Malumot uchun, Oʻzbekistondagi hajviy-kulgu jamoasi. 2014-yilda tashkil topgan. Guruh hozirda 8 nafar ishtirokchidan iborat. Ishtirokchilarning deyarli hammasi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini tamomlashgan. Oliygoh nomidan „Quvnoqlar va zukkolar“ (QvZ) shousida qatnashish orqali tanilishgan. Guruh faoliyatini „Bravo Music“ masʼuliyati cheklangan jamiyati yuritadi[1]. Oʻzlarining qaltis hazillari tufayli guruh bir necha marta tanqid ostiga olingan.