Senat maʼqullagan qonunga muvofiq Milliy gvardiya xodimlariga:
▪️mayda bezorilik,
▪️quroldan belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish,
▪️sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni olib yurishga oid maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha bayonnomalar tuzish va ularni koʻrib chiqish uchun sudga yuborish,
▪️huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish vakolatlari berilmoqda.
❗️Mazkur toifadagi ishlarni koʻrib chiqish vakolati ichki ishlar organlarida ham saqlanib qoladi.