Bog’cha qizchalariga tegajoqlik qilgan bolaning onasi ishdan olindi

Bog’cha qizchalariga tegajoqlik qilgan bolaning onasi ishdan olindi

Oʻgʻli qizchalarga tegajogʻlik qilgani aytilgan 230- sonli bogʻcha mudirasi ishdan olindi.

Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi maʼlum qildi.

4-may kuni Toshkentdagi bogʻcha direktorining 15 yoshli oʻgʻli 4 nafar qizchaga tegajogʻlik qilgani haqida xabar bergan edik. Unda Chilonzordagi 230-sonli bolalar bogʻchasida direktorning 15 yoshli (9-sinf) oʻgʻli 6 yosh atrofidagi 4 nafar qizchaga, ular uxlashga yotgan vaqtida tegajogʻlik qilgani aytilgan edi. Voqeaga  kamida 3−4 nafar bola guvoh boʻlgan.  Direktor esa buni “tuhmat” deb atab, qizchalarning oʻzini tarbiyasizga chiqargan edi.

Bugun esa Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ushbu holat yuzasidan rasmiy bayonotini berdi. Unda:

“230-MTT direktori bogʻcha hududiga begona shaxs kirishiga yoʻl qoʻyib bergani, tarbiyalanuvchi bolalar hayotini xavf ostiga qoʻygani, ichki mehnat tartib- qoidalarini buzgani va oʻz xizmat vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgani sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi 5-bandiga asosan bekor qilindi”, deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 119-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganiligi ta’kidlangan