Respublikamiz mevali bog‘lardan yuqori va sifatli hosil olishda bog‘larni parvarishlash zarakunanda, kasallik va begona o‘tlardan himoya qilishda o‘ziga xos o`rin egallaydi. Tumanimizda 1000 gektardan ortiq maydonda bog‘ va tokzorlar parvarish qilinmoqda. Bog‘larda 100 dan ortiq zarakunandalar uchraydi, bular daraxtlarning ildiziga, tanasiga, bargiga va mevasiga jiddiy zarar yetkazadi. Birgina olma qurtiga qarshi kurashmaslik olma hosilining 80 foizini nobud qiladi. Ayni shu kunlarda barcha mevali daraxtlar gullash davridan utib meva shakllana boshlaydi.Ayni shu vaqtda mevali daraxtlarning barcha zararkunanda va kasalliklari ham avj ola boshlaydi. Shu munosabat bilan O‘simliklar karantini va himoyasi xodimlari hududlarda mevali daraxtlarni zararkunandalardan himoya qilish maqsadida fermer va dehqon xo‘jaliklari va fuqorolar o`rtasida turli xil mavzularda seminar va amaliy tadbirlar o`tkazmoqdalar. Shunindek uch mingdan ortiq fleyrlar tumandagi barcha mahalla va fuqorolarga tarqatildi
Mart oyining issiq kelishi sababli o`rgamchakkana, o‘simlik shira va bitlarining ertaroq uyg‘onishiga va mevali daraxtlarning novda va shoxlariga chiqib olib uni shirasini surib olib oziqlanmoqda. Shuni e’tiborga olish kerakki daraxt va butalarda o`rgamchakkana, shira va bitlarning juda tez ko`payishi oqibatida mevali daraxtlar hosil elementlarini to`ka boshlaydi va hosilning 30 foizini yo‘qotadi. Agar yuqorida aytilganidek bog‘ va tokzorlarda 100 dan ziyod zararkunandalar uchrasi ularning iqtisodiiy zararini taxmin qilish mumkin bo‘ladi
Shuning uchun ham bunday zararkunandalarning yil davomida rivojlanishini kuzatib ularga qarshi samarali kurash choralari olib borish zarur.
Bog‘ zararkunandalariga qarshi agrotexnik, biologik, kimyoviy, fizik, mexanik usullarda kurashiladi va karantin choralari ko‘riladi.
Agrotexnik usuli. Bu usul mevali bog‘larni uyg‘unlashgan holda himoya qilishning asosi hisoblanadi. Agrotexnika usuli yordamida zararkunandalar ko‘payishining oldini olish, ba’zan butunlay qirib tashlash mumkin. Agrotexnika usulini muvaffaqiyatli qo‘llash yo‘li bilan zararkunandalar uchun noqulay sharoit yaratish, mevali bog‘larning yaxshi o‘sib rivojlanishi hamda entomofaglarning ko‘payishi uchun esa qulay sharoit vujudga keltirish mumkin. Bog‘dorchilikda agrotexnik tadbirlar quyidagicha:
1) Zararkunandalar ta’sirida va kasallanish oqibatida qurib qolgan shoxabbalarni kesib tashlash;
2) Daraxtlarga doimo shakl berib, butab borish, yoshartirish tadbirlarini o‘tkazish, kasallanish va zararlanish oqibatida to‘kilgan mevalarni terib olish;
3) Bog‘ qator oralariga ishlov berish;
4) Daraxt tublarini oqlash va aldamchi belbog‘ boylash.
Mexanik usul. Bu usulga daraxtlarning qurigan qismlarini kesib tashlash, daraxtlarga har xil feromon tutqichlar qo‘yish, bog‘ maydonlari atrofini toza saqlash va daraxtlar po‘stlog‘idagi zararkunandalarni yo‘qotish kabi tadbirlar kiradi. Daraxtlar tanasini Iso qaynatmasi bilan ishlash va hokazolar zararkunandalar ko‘payib ketishining oldini olishda yaxshi natija beradi.
Kimyoviy usul. Mevali bog‘larni uyg‘unlashgan himoyasida zararli organizmlarga qarshi kimyoviy moddalarni ishlatish yaxshi natija beradi. O‘simliklarni kimyoviy himoya qilish universal usul bo‘lib, ularni har xil qishloq xo‘jalik ekinlaridagi ko‘pgina zararkunanda va kasalliklarga va begona o‘tlarga qarshi ishlatish mumkin. Shuni e’toborga olish kerakki kimyoviy preparat faqat Respublikamizda ro`yxatga olingan va ishlatishga ruxsat berilgan preparatlar bo`lishi kerak.
Biologik usul. Biologik usul bu zararkunandalarga qarshi tabiiy kushandalarni va ularning hayotiy mahsulotlarini qo‘llash demakdir. Tumanimizda faoliyat yuritayotgan 4 ta biolaboratoriyalarda yuqori samarali tabiiy kushandalar ko`paytirilmoqda. Siz biolaboratoriyalarda ko`paytirilayotgan entomofaglardan foydalanishingiz oqibatida nafaqat mevalar balki sabzavotlarda uchraydigan zarakunandalarga xam qarshi kurashgan bo‘lasiz. Meva daraxtlari zararkunandalariga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimi hosildorlikni oshirish, ekologik jihatda toza mahsulot tayyorlash, ishlatilgan kimyoviy vositalarni yetishtirilgan mahsulotlarda qoldiq miqdori talab darajasida bo‘lishiga erishishdir.
A.Zulfiqorov, Sh.Ramozonov, A.Abdunabiev,
O‘simliklar karantini va himoyasi Paxtachi tuman bo‘limi inspektorlari