Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendumda qancha odam qatnashadi?

Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendumda qancha odam qatnashadi?
Foto: pixabay

Referendum boʻyicha Markaziy komissiya raisi oʻrinbosari Konstantin Petrov brifingda Qozogʻistonda atom elektr stansiyasi qurilishi boʻyicha ovoz berishda qancha odam ishtirok etishini maʼlum qildi.

“Referendum oʻtkaziladigan obʼyektlarning umumiy soni 10 327 ta, jumladan, 9 709 tasi yashash joyi boʻyicha va 618 tasi vaqtinchalik yashash joyi boʻyicha, shu jumladan, 78 tasi Qozogʻistondan tashqarida, dunyoning 63 ta davlatida.

2024-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, referendum o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolarining umumiy soni 70 ming 49 nafarni tashkil etadi, respublika bo‘yicha 12 million 176 ming 968 nafar fuqaro referendumda ishtirok etish huquqiga ega”, — dedi u.