Yosh bolali xotin-qizlarga OTMda onlayn ta’lim olish imkoni mavjudmi?

Yosh bolali xotin-qizlarga OTMda onlayn ta’lim olish imkoni mavjudmi?

Yosh bolali xotin-qizlarga OTMda onlayn ta’lim olish imkoni mavjudmi?

Ha, bu mavzu bugun ko’pchilik orasida turli xil taxminlar bilan muhokama qilinmoqda. Ayniqsa, ba’zi oilali talabalar orasida ta’lim muassasasi rahbariyatiga shu mavzuda murojaat qilayotganlariga ham guvoh bo’lyapmiz.

Javobchi, javob hali bunday qaror yoki biror hujjat qabul qilinmagan, degan vajni oladi.

Xo’sh, aslida ham bu boradagi gaplar shunchaki qolib ketdimi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 344-son qarorining 11-bandiga binoan, yosh bolali xotin-qizlar o‘z xohishlariga ko‘ra oliy ta’lim muassasasidagi tahsillarini masofaviy yoki sirtqi shaklga o‘tkazishlari mumkin. Ushbu qarorga ko‘ra, talabaning arizasi asosida oliy ta’lim muassasasi rektori yoki direktori buyruq chiqaradi, bunda ta’lim yo‘nalishida masofaviy shakl mavjud bo‘lsa, talaba onlayn ta’lim olishga o‘tkaziladi.

Shuningdek, agar talaba sog‘lig‘i tufayli darslarga bir oydan ortiq qatnasha olmasa yoki homiladorlik va tug‘ish davri bilan bog‘liq holatlarda ham ariza asosida akademik ta’til olish huquqiga ega.

Onlayn ta’limga o‘tish uchun asoslar:

1. Sog‘lig‘ini tiklash uchun akademik ta’til zarur bo‘lsa

2. Homiladorlik va tug‘ish holatlari;

3. Akademik ta’til asosida sirtqi yoki masofaviy shaklda davom ettirish imkoniyati.

Mazkur shartlarga ko‘ra, oliy ta’lim muassasasida masofaviy ta’lim imkoniyati mavjud bo‘lsa, yosh bolali xotin-qizlar onlayn ta’lim olish huquqidan foydalanishlari mumkin.