Foto: experience.tripster.ru
Jannatmakon yurtimiz O‘zbekiston haqida bugun MUHIM24 ijodkorlari siz uchun qiziqarli faktlarni saytimizning «BU QIZIQARLI» rukni sotida jamlashga harakat qildik. Xo‘sh, bu ma’lumotlarni siz qaysilarinidir bilasiz yoki qaysilaridir siz uchun yangilik bo‘lishi mumkin.
Tayyormisiz, unda qani ketdik.
1. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan, dengizga chiqish imkoni yo‘q va bir vaqtning o‘zida beshta davlat bilan chegaradosh davlat.
2. O‘zbekiston SSSR tarkibida bo‘lgan, parchalanib ketganidan keyin MDHga qo‘shilgan.
3. O‘zbekiston urushlarda neytral pozitsiyani egallagan dunyoviy davlat hisoblanadi.
4. Kattaligiga qaramay, mamlakat Markaziy Osiyoda eng zich joylashgan va postsovet hududida uchinchi o‘rinda turardi. Ammo 2022-yilda Ukraina-Rossiya urushi boshlangach yurtimiz bu statistikada ikkinchi o‘ringa ham ko‘tarildi.
5. Toshkentda avtobuslarning aksariyati Mercedes brendi ostida harakatlanardi. Hozir esa Xitoyning KingLong brendi bizni uzog’imizni yaqin qilmoqda.
6. Samarqand O‘zbekistonning eng qadimiy shahri va dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri.
7. Jahon bozorida O‘zbekiston oltin qazib olish va zaxiralari bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.
8. Mamlakat dunyoning eng yirik paxta ishlab chiqaruvchilari ro‘yxatidan joy olgan.
9. Poytaxtda metro bor, u ham o‘zining go‘zalligi bilan diqqatga sazovordir.
10. O‘zbekiston hududida ikki mingdan ortiq masjidlar mavjud. Bu ko‘rsatkich bilan yurtimiz Markaziy Osiyoda yetakchi hisoblanadi.
11. O’zbekiston ikki daryo oralig‘i (Sirdaryo va Amudaryo) ichra joylashgan mamlakat sanaladi.
12. Toshkent Markaziy Osiyoning eng yirik markaziy poytaxtlaridan sanaladi. Poytaxt tez rivojlanib, dunyoning megapolis shaharlari qatoriga qo‘shilishni o‘z oldiga maqsad qilgan.
13. Toshkent Markaziy Osiyo poytaxtlari orasida dunyoning eng iflos havosi reytingida ham tez-tez birinchilikka chiqib turadi.
14. Oʻzbek soʻmi dunyoning eng zaif 10 valyutasi qatoriga kiradi.