Qodiriyning “O‘tkan kunlar”i qirg‘iz tilida chop etildi.
Bishkekda qirg‘iz tilida chop etilgan “O‘tkan kunlar” romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Romanning qirg‘iz tilidagi tarjimasi yozuvchi va tarjimonlardan iborat ijodiy guruh tomonidan amalga oshirilgan. Asosiy tarjima ishlarini adabiyotshunos va tarjimon Uchqun Abdulazizov bajargan.
Tadbirda “O‘tkan kunlar” romanining Bishkekdagi taqdimoti qardosh qirg‘iz va o‘zbek xalqlari adabiy aloqalari tarixidagi muhim bosqich bo‘lgani, shuningdek, so‘z san’ati, adabiyot va madaniyat orqali xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish, umumiy milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘lgani qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, «O‘tkan kunlar» romani ozarbayjon va arab tillarida ham nashr etilgan.