Toshkentdagi barda qizga «xlopushka» otishdi

Toshkentdagi barda qizga «xlopushka» otishdi

Toshkentda Spletni barida tashrif buyuruvchi menejerga yuziga xlopushka otib, qizning ko‘zini shikastladi

Voqea 17-iyulga o‘tar kechasi sodir bo‘ldi. Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, erkak uni chaqirib, so‘ng xlopushkani to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuziga yo‘naltirib otgan.

Plastik qopqoq qizning ko‘ziga tegib, shifokorlar tomonidan o‘ng ko‘zning og‘ir darajadagi kontuziyasi tashxisi qo‘yilgan. Tiklanish jarayoni 6 oygacha davom etishi mumkin.

Erkak shunchaki jilmayib qo‘ydi, kechirim so‘ramadi va voqeada barning xlopushka sotgani aybdor ekanligini aytgan. Hozirda tekshiruv olib borilmoqda.

«Men zo‘ravonlikni “tasodif” deb hisoblamayman», Mirziyoyeva

«Men zo‘ravonlikni “tasodif” deb hisoblamayman», Mirziyoyeva

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazo choralari yanada kuchaytiriladi. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining kenja qizi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozib qoldirdi. “Men zo‘ravonlikni “tasodif” deb hisoblamayman. Bu – har doim kattalarning ongli tanlovidir. Demak, buning o‘rniga boshqa tanlov ham bo‘lishi kerak – uni to‘xtatish tanlovi. Oqlash emas”, deya yozgan Mirziyoyeva. Unga ko‘ra, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga quyidagi yo‘nalishlarda o‘zgartirishlar kiritilishi ustida ish olib borilmoqda: bolalarga ziyon yetkazgan shaxslarga nisbatan jazoni kuchaytirish; zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga bolalar bilan ishlash huquqini umrbod taqiqlash; javobgarlikni tez va samarali ta’minlash uchun yagona tartibdagi tezkor protokollarni joriy etish. Mirziyoyevaning so‘zlariga ko‘ra, bu harakatlarning asosiy maqsadi – zo‘ravonlik qilgan shaxslar jazodan chetda qolmasligi va imkon qadar eng og‘ir jazo choralari qo‘llanilishiga erishishdir. Qo‘shimcha qilinishicha, ushbu o‘zgartirishlar uchun alohida ishchi guruh ham shakllantirilgan. Ishchi guruh tarkibiga Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari kiritilgan. Bu guruh amaliy mexanizmlarni ishlab chiqishga kirishib bo‘lgan.