“Muhim24.uz” 2025-yil sarhisobi: Yana bir muvaffaqiyatli yil ortda qoldi

Hurmatli o‘quvchilar va obunachilar!

“Muhim24.uz” jamoasi nomidan barchangizni yangi 2026-yil bilan chin yurakdan tabriklaymiz! O‘tgan 2025-yil biz uchun o‘sish, rivojlanish va yangi marralarni zabt etish bilan esda qolgan muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. Yilingiz oxirida an’anaga ko‘ra, platformamizning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha qisqacha sarhisob taqdim etamiz.

Instagram sahifamizda:


– Real vaqt obunachilar soni 32,8 ming nafarga yetdi.
– Yil davomida jami 23,1 million marta ko‘rish (tomosha) qayd etildi.
– 720 ta video yuklandi.

YouTube kanalimizda:


– 2024-yil 31-dekabr holatiga 12 988 obunachi.
– 2025-yil 31-dekabr holatiga esa 28 542 obunachi – ya’ni yil davomida obunachilar soni 2 baravardan ortiq oshdi.
– 3,1 million marta tomosha.
– 85 ta yangi video yuklandi.

Rasmiy veb-saytimiz (muhim24.uz):


– Yil davomida 480 ta yangi material chop etildi.
– Shu jumladan:
– O‘zbekiston bo‘yicha mualliflikdagi tanqidiy materiallar – 6 ta.
– Xorijiy xabar va yangiliklar – 160 ta.
– Mahalliy mavzularda materiallar – 150 ta.
– 50 tadan ortiq “Bu qiziqarli” va “Siz uchun foydali” mavzularida materiallar.
– Qolganlari yana turli xil mavzularda.

Har oy o‘rtacha ko‘rishlar soni umumiy auditoriyamizda 2-3 million atrofida barqaror saqlanib keldi, bu o‘quvchilarimizning bizga bo‘lgan ishonchi va qiziqishining yorqin dalilidir.

Bu raqamlar ortida – har kuni sizlarga tezkor, ishonchli va sifatli axborot yetkazish uchun tinmay mehnat qilayotgan jamoamizning sa’y-harakati turibdi. 2025-yilda ham sizning ishonchingizni oqlashga, yanada dolzarb va chuqur materiallar tayyorlashga intildik.

Yangi 2026-yilda ham siz aziz o‘quvchilarimiz bilan birga bo‘lishni, yangi loyihalar va imkoniyatlarni birga ochishni orzu qilamiz. Yana bir bor barchangizga yangi yilda sihat-salomatlik, baxt va omad tilaymiz!

Hurmat bilan,
“Muhim24.uz” tahririyati
31-dekabr, 2025-yil