Oziq-ovqatni sovitkichda saqlaymiz, dorini-chi, uni qayerda saqlash lozim?
Ahamiyat bergan boʻlsangiz, har bir preparat yoʻriqnomasida uni saqlash qoidasi koʻrsatilgan boʻladi.
Tabletka va kapsula koʻrinishidagi prepatlar uchun namlik darajasi gʻoyat muhim. Ularni salqin va quruq joyga qoʻying.
Aerozol yoki sprey shaklidagi dorilar uchun yorugʻlik nuri va xona harorati yuqori boʻlmasligiga eʼtibor qarating.
Tindirma yoki tomchi dorilar qoʻngʻir (himoyalangan) tusli idishlarda ishlab chiqilsa-da, ular ham quyoshni “xushlashmaydi”.
Sovitkichga qoʻyamizmi?
Agar preparat yoʻriqnomasida “salqin va yorugʻlik nuridan himoyalangan joyda saqlang” deyilgan boʻlsa, unda sovitkichga joylash mumkin.
“5° dan oshmagan holda saqlansin” deya koʻrsatma berilgan boʻlsa, dorilarni sovitkichga qoʻysa boʻladi.
Surtma va moyli dorilar, shamchalar hamda suyuq koʻrinishdagi preparatlar uchun sovitkich eshigidagi qavatlar munosib tanlov.
Muattar Xoʻjayeva,
Farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent