Amerikada -50 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda

Amerikada -50 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda

Kanada va AQShdagi qariyb 100 mln kishi bu juma va shanba kunlari qattiq sovuqni boshdan kechiradi, deya xabar qilmoqda BBC

Shimoliy Amerika qit’asining ba’zi hududlarida Arktika qismida havo harorati ba’zi hududlarda -50 darajagacha pasayadi, deya ogohlantirmoqda meteorologlar.

Ularning qo‘shimcha qilishicha, bunday ob-havoda odam 10 daqiqadan kamroq vaqt ichida muzlab qolishi mumkin. Shu bois Kanadaning markaziy va Amerika shimoli-sharqidagi ko‘plab shtatlarning aholisiga uyda qolishni maslahat berishmoqda.

Dushanbadan beri AQShda noqulay ob-havo tufayli kamida 11 kishi halok bo‘ldi. Xususan, hafta boshida muz bo‘roni tufayli Texasda sakkiz kishi, Oklaxomada ikki va Arkanzasda bir kishi halok bo‘ldi.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.