Iqtisodchi Otabek Bakirovning bildirishicha, P2P oʻtkazmalar haqidagi axborotlar soliq organlariga berilishi Yangi Konstitutsiyaga mutlaqo zid va noqonuniy.
❗️Kechadan boshlab kuchga kirgan yangi qomusimizdan hech bir hujjat, u nizommi, farmonmi, qarormi yo qonunmi Konstitutsiyaga zid boʻlishi mumkin emas. Agar zid boʻlsa, Yangi Konstitutsiya uni avtomatik tarzda bekor qiladi.
Konstitutsiyaning 41- moddasida “Bank operatsiyalarining, omonatlarning va hisobvaraqlarning sir tutilishi, shuningdek meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi”, deb yozib qoʻyilgan.
❗️Yangilangan konstitutsiyaga qarshi hech kim qarshi boʻlolmaydi deb umid qilamiz.