Rossiya Putinga suiqasd boʻldi, deb xabar tarqatyapti
Kecha Moskva markazidagi prezident Putin qarorgohiga drondan zarba berilganligi haqidagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Bu bo’yicha rasmiy Kreml ham xabar bergan.
Aytilishicha, ikkita dron Kremlga qarata oʻt ochgan. Keyin rus harbiylari ularni yoʻq qilgan. Qurbonlar va jabrlanganlar yoʻqligi aytilgan. 9-may arafasidagi bu hujum terakt va prezidentga suiqasd sifatida baholangan. Putinga hech nima qilmagan. Hozircha bu Rossiya tomonining iddaolari. Birorta davlat yo tashkilot hujumni tan olgani yoki rad etgani yoʻq.
Ushbu voqea yuzasidan AQSh rasmiylari ham bayonot bilan chiqishdi. Ya’nikim, bu voqea Ukraina tomonidan amalga oshirilgan yoki oshirilmaganligi bo’yicha maxsus tekshiruvlar o’tkazilishi aytilmoqda.