«PAXTACHI» gazetasi va «MUHIM24» veb-sayti tahririyati qoshidagi «Kelajak jurnalistlari» ijodiy to’garagi bir necha yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda ham to’garagimizda ko’plab o’quvchilar jurnalistika sohasi bo’yicha boshlang’ich saboqlarni olib kelishmoqda. Aynan to’garak o’quvchilarning ijodiy ishlaridan sizni ham bahramand qilib borish niyatida veb-saytimizda «Kejalak jurnalistlari» bo’limini tashkil qilmoqdamiz. Qadrli mushtariy, bu sahifadagi siz mutolaa qilayotgan har bir mavzu sohaga hali endi qadam qo’yayotgan yosh iste’dod nihollarining ijod mahsuli. shuning uchun mavzuga o’ta chuqur va professional emas, balki xuddiki unga baho beruvchi sifatida qarashingizni istardik.
