Toshkent metrosi: undan har kuni necha nafar yo’lovchi foydalanmoqda?

Toshkent metrosi: undan har kuni necha nafar yo’lovchi foydalanmoqda?

Toshkentda har kuni 430 mingga yaqin yo‘lovchi metrodan foydalanadi

Joriy yilning yanvar-mart oylarida metropolitenda kuniga oʻrtacha 430,1 ming yoʻlovchi tashildi, bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.

2023-yilning atigi 3 oyida Toshkent metropoliteni orqali 38,7 million yo‘lovchi tashildi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 11,3 million kishiga ko‘pdir.