Rossiya va Gʻarbning Markaziy Osiyoga munosabati tubdan farq qiladi — Mixail Galuzin

Rossiya va Gʻarbning Markaziy Osiyoga munosabati tubdan farq qiladi — Mixail Galuzin

Rossiya va Gʻarbning Markaziy Osiyoga munosabati tubdan farq qiladi

Bu haqda “Valday” xalqaro munozara klubi anjumanida Rossiya tashqi ishlar vazirining MDH boʻyicha oʻrinbosari Mixail Galuzin «TASS» axborot agentligiga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

“Gʻarb Markaziy Osiyo davlatlariga Rossiya va Xitoyni jilovlash vositasi sifatida qaraydi hamda Yevropa va Osiyo oʻrtasidagi savdo yoʻllarida joylashgan ushbu muhim chorrahani nazorat ostiga olishni istaydi”, deydi Galuzin.

Mansabdor Rossiyaning esa mintaqa bilan umumiy tarix va ittifoqchilik va strategik integratsiyaga asoslangan oʻzaro manfaatli, teng huquqli munosabatlari mavjudligini qoʻshimcha qildi.