Ikki yoshda besh tilda gapirolgan odam haqida bilasizmi?

Ikki yoshda besh tilda gapirolgan odam haqida bilasizmi?

Dunyodagi eng aqlli odamlardan biri Kim Un Yon 1962-yilda Janubiy Koreyada tugʻilgan. U ikki yoshida 5 tilda gapirgan, 4 yoshida universitetga oʻqishga kirgan.

8 yoshida u NASA tomonidan Kolorado shtati universitetiga oʻqishga taklif qilingan va u yerda 15 yoshida fizika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan va ushbu tashkilot uchun tadqiqot olib borgan.


Biroq, 1978-yilda u oʻz vataniga qaytgan va mahalliy korporatsiyaning rejalashtirish boʻlimida ishlash uchun qurilish muhandisligi yoʻnalishi boʻyicha oʻqigan. Atrofdagilar “dahoning soʻngani” haqida gapirishgan, ammo Kim Un Yon shunchaki boshqa yoʻlni tanlaganini va hayotidan juda baxtli ekanligini taʼkidlagan. IQ darajasi 210 boʻlgan Kim Un Yon oʻz tanlovi bilan oddiy insoniy munosabatlarsiz hayot umuman hayot emasligini bildirgan.